SATIN GYPS

Bosh sahifa - Mahsulot katalogi - Quruq qorishmalar - SATIN GYPS

SATIN GYPS

MA’LUMOT

Tarkibi gips asosidagi va maxsus kimyoviy moddalar qo’shilgan ГОСТ 31387-2008 bo’yicha ishlab chiqarilgan quruq qurilish qorishmasi. Yuqori darajada yopishish xususiyatiga ega. Sement yoki gips suvog`i bilan ishlov berilgan yoki berilmagan beton hamda tekis yuzalarga so’nggi qatlam sifatida ishlatiladi. Qorishma bir qatlamda 1 mm qalinlikda surtiladi. Bo’yashdan yoki devor gulqogozi yopishtirishdan avval gruntlashga ehtiyoj bo’lmagan tekis va silliq yuza hosil qiladi. Qurigandan so’ng yoriq hosil qilmaydi. Havo o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lganligi tufayli namlik muvozanatini saqlab turadi. Juda yengil va issiqlik saqlash hususiyatiga ega. Yig’ilib qolmaydi va oqib tushmaydi. Yong’inga qarshi kechiktiruvchi xususiyati bor.

TEXNIK XUSUSIYATLARI

Suv qo’shish miqdori: 5-6 litr suvga 10 kg quruq qorishma.
Qorishmaning qotishini boshlanishi: 180-200 daqiqa.
Sarflanishi: 1 mm qalinlikdagi qatlamga 1 kg/m2.
Siqilishga mustahkamliligi: 2,0 МPа.
Yuzaga  yopishish mustahkamligi: 0,3 MPa.
Ishlash joyidagi muhit harorati: +5°C/+35°C bo’lishi lozim.

QADOQ

3 qatlamli suvga chidamli kraft qoplarda: 20 kg yoki 30 kg li polipropilen qoplarda.

Hamkorlar

The Dow Chemical Company
Esen Mikronize Maden San. ve Tic. A.Ş.
Tronox Incorporated
Perstorp
4Hercules Chemical Company, Inc.
Excellence is our passion
Fabbri Group Italia
Shin-Etsu Group

Manzil

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Bunyodkor prospekti, 57B.

Tel(99871) 279-26-00
Faks: (99871) 279-89-79
Email: info@megamix.uz