Ishlab chiqarish

Bosh sahifa - Kompaniya to’grisida - Ishlab chiqarish

Ishlab chiqarishning strategik maqsadlariga erishish yo’lida, biz doimiy ravishda eng ilg’or texnologiyalarni, iste’molchining talab va istaklarini o’rganib chiqqan holda, ishlab chiqarish quvvat-salohiyatlari va har bir xodimning qobiliyatidan to’liq foydalanamiz.

«MEGAMIX» o’zining barcha mahsulotlarini yuqori darajadagi sifatli xom-ashyo va materiallarni qo’llab so’nggi texnologiyalar asosida ishlab chiqaradi.

Korxonada zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan labaratoriya mavjud bo’lib, ishlab chiqarishda qo’llaniladigan xom-ashyo va tayyor mahsulotlarning sifati ustidan uzluksiz ravishda qattiq nazorat qilish tizimi o’rnatilgandir. Har bir tayyor mahsulot turi bozorga chiqishdan oldin qat’iy va aniq belgilangan tartibda sifat nazoratidan o’tkaziladi.

Ishlab chiqarish bazasining tinimsiz modernizatsiyasi va yangi asbob-uskunalarni kirtilishi tufayli «MEGAMIX» o’z mahsulot turlari va xillari ko’lamini doimiy ravishda oshirib kelmoqda.

Strategik maqsadlarimizdan biri bu – biznes etika qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirishdan iboratdir.

Bugun biz brendimizning barcha iste’molchilarini ishonchini oqlay olishimizga ishonchimiz komildir, hududiy jihatdan «MEGAMIX» mahsulotlari tarqalishining nafaqat O’zbekistonda, balki, yaqin chet el bozorlarida ham kengayishi buning yaqqol dalili bo’lib xizmat qiladi.

Hamkorlar

The Dow Chemical Company
Esen Mikronize Maden San. ve Tic. A.Ş.
Tronox Incorporated
Perstorp
4Hercules Chemical Company, Inc.
Excellence is our passion
Fabbri Group Italia
Shin-Etsu Group

Texnik qo’llab-
quvvatlash.

Qayta aloqa

Manzil

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Bunyodkor prospekti, 57B.

Tel(99871) 279-26-00
Faks: (99871) 279-89-79
Email: info@megamix.uz